♻️“Katta chinor” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati tuman Kengashi deputati G. Tursunova tomonidan o‘rganildi.
♻️O‘rganish davomida mahalladagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Ravnaq-servis-plyus” BSK rahbari B. Yo‘ldoshboyev bilan birgalikda uylarning yerto‘lalari, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, umumiy foydalanish hududlarining mavsumga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.
♻️Yerto‘lalardagi sanitariya va texnik holat, quvurlar hamda isitish tizimlarining sozligi, namlik va boshqa muammoli holatlar mavjudligi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
♻️Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ko‘p qavatli uylarni kuz-qish mavsumini betalafot va qulay sharoitda o‘tkazishga tayyorlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
♻️Mavsum davomida aholiga qulay shart-sharoit yaratish, ko‘p qavatli uylarning texnik holatini doimiy nazorat qilib borish muhimligi ta’kidlandi.