Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Kunlik_ish_reja #Kengash_raisi #162_ta_qonun #Tashkilot_bilan_hamkorlik 🏥 Tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot

#Kunlik_ish_reja
#Kengash_raisi
#162_ta_qonun
#Tashkilot_bilan_hamkorlik
🏥 Tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining raisi Qo'zimurodov Abdusalom Javliyevich tashabusssi bilan 25-Qoraqir saylov okrugida “Kattaqum” mahallasi hududida joylashgan 1-sonli oilaviy poliklinikaningyuritayotgan tibbiyot xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda tibbiyot xodimlarining mehnat faoliyati davomida duch kelayotgan muammolari, mavjud ish sharoitlari, shuningdek, sohaga oid taklif va tashabbuslari atroflicha tinglandi.

Bildirilgan murojaat va takliflar yuzasidan fikr almashilib, mavjud masalalarni o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda tibbiyot xodimlari faoliyati uchun zarur sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha fikr va takliflar bildirildi.

📚 Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni talablari savolnoma asosida o‘rganildi.

📝 Savolnoma jarayonida qonunning mazmun-mohiyati, fuqarolarning sog‘liqni saqlash sohasidagi huquqlari, tibbiy yordam ko‘rsatishning asosiy tamoyillari hamda tibbiyot xodimlarining qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari yuzasidan xodimlarning xabardorlik darajasi o‘rganib chiqildi.

🔹 Shuningdek, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida qonun hujjatlari talablariga rioya etish, bemorlarning huquq vamanfaatlarini ta’minlash, tibbiy yordamning sifati va samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Savolnoma natijalari asosida tibbiyot xodimlarining amaldagi qonunchilik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berish hamda huquqiy xabardorlikni oshirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 1