Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

💧 Toza ichimlik suvi — aholi farovonligining muhim omili!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Qodirova tomonidan O‘rikzor mahallasining Yangibozor ko‘chasida yashovchi 58 ta xonadon fuqarolarining toza ichimlik suvi bilan bog‘liq murojaati o‘rganilgan edi.

📋 Fuqarolar murojaatida ko‘tarilgan muammo belgilangan tartibda nazoratga olinib, “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etildi.

🔹 Mazkur masalani amaliy hal etish maqsadida “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Bekobod tuman filiali rahbari Z. Jo‘rayevga deputat so‘rovi yuborildi.

🤝 Deputatlik nazorati — aholining haqli murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmasdan, muammolarni joyida o‘rganish va ularning yechimini izlashga qaratilgan muhim mexanizm.
Har bir murojaat — e’tiborda, har bir muammo — nazoratda! 💧

Slide 1 of 3