Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
“Tug‘onboshi” mahallasida fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolarning ijtimoiy holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida ijtimoiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi
Maktabgacha ta’lim sifati nazoratda: tuman Kengashi deputati 11-sonli DMTT faoliyatini o‘rgandi

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari tuman Kengashining 14-“Ipoq” saylov okrugidan saylangan deputat Xudayberdiyev Umidullo Boqiyevich Oltinsoy tumanidagi 11-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida (DMTT) bo‘lib, navbatdagi nazorat-tahlil tadbirlarini olib bordilar.

Mas’ullar muassasa ma’muriyati hamrohligida bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni sinchkovlik bilan ko‘zdan kechirdilar:

• Ta’lim-tarbiya sifati va guruhlar faoliyati: Mashg‘ulotlarning zamonaviy pedagogik metodlar asosida olib borilishi, ko‘rgazmali va tarbiyaviy o‘yin qurollari bilan ta’minlanganligi;

• Sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish: Bolalar oshxonasidagi sanitariya-gigiyena holati, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati, saqlanish tartibi va kunlik taomnomaga qat’iy rioya etilishi;

• Hudud obodonchiligi va o‘yingohlar: Bolalar o‘yingohlari, xavfsizlik to‘siqlari hamda muassasa hovlisining tozalik va ko‘kalamzorlashtirish holati.

O‘rganish yakunida ta’lim-tarbiya jarayonini yanada takomillashtirish hamda bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha muassasa rahbariyatiga tegishli ko‘rsatma va takliflar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 6