Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida xotin-qizlarni himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida mahalla raisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Qo‘qon shahar Musiqali drama teatri faoliyati va 9 oylik hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
38-maktabda qurilish ishlari o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

🌟 Ustoz deputatlar e’tirof etildi

📚 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O.Tursunov tomonidan Kengash deputatlari orasida maktab, texnikum va oliy ta’lim muassasalarida o‘z faoliyatini olib borayotgan ustoz deputatlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuv davomida ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan deputatlarning sharafli va mas’uliyatli mehnati, yosh avlodga sifatli ta’lim va tarbiya berish yo‘lidagi faoliyati alohida e’tirof etildi.

🎓 Shuningdek, ustoz deputatlar bilan ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar, yoshlar bilan ishlash, ularning bilim va salohiyatini oshirish hamda ta’lim sifatini yanada yaxshilash borasida fikr almashildi.

📜 Uchrashuv yakunida ta’lim-tarbiya sohasidagi samarali faoliyati, yosh avlod kamolotiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun ustoz deputatlarga Tashakkurnomalar topshirildi.

💐 Barcha ustoz va murabbiylarni 1-oktabr — “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizning fidokorona mehnatingiz va sharafli faoliyatingiz yuksak ehtiromga loyiq.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 7