Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida xotin-qizlarni himoya qilish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
“Yalang‘och ota” mahallasida mahalla raisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Qo‘qon shahar Musiqali drama teatri faoliyati va 9 oylik hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
Sholikor MFY hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Sholikor MFY hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan Sholikor mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan mahalla hududida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Xonadonbay o‘rganishlar natijasida aniqlangan muammolarni bartaraf etish, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va doimiy daromad manbalariga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish jarayonida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy holat, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligi hamda hokim yordamchisining mahalla faollari bilan hamkorligi ham tahlil qilindi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 1