Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KUZ-QISH MAVSUMIDA HUDUD OBODONCHILIGI VA TOZALIK ISHLARI NAZORAT QILINDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #24_ta_tavsiyaviy_savol

KUZ-QISH MAVSUMIDA HUDUD OBODONCHILIGI VA TOZALIK ISHLARI NAZORAT QILINDI

💹 Kuz-qish mavsumini tartibli o‘tkazish, hududlarda obodonlashtirish va sanitariya-tozalik ishlarini samarali tashkil etish maqsadida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "18-Bog‘iston" saylov okrugi deputati Usmanov Anvar Baxramovich tomonidan Bog‘iston mahallasida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish o‘tkazildi.

🕯 O‘rganish davomida “Bog‘iston Lyuks” BSK tomonidan ko‘p qavatli uylar atrofida hududni obodonlashtirish, sanitariya-tozalik ishlarini tashkil etish, umumiy foydalanish joylarini saqlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🔴 Shuningdek, BSK xodimlarining o‘zlariga biriktirilgan hududlarda mehnat faoliyatini tashkil etishi, tozalik va obodonlashtirish ishlarining muntazam olib borilishi, hududda aniqlanayotgan muammolarga tezkor munosabat bildirish holati ham o‘rganildi.

📈 O‘rganish jarayonida hududlarning sanitariya holatini doimiy nazorat qilish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlarda tozalikni ta’minlash hamda kuz-qish mavsumida obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📁 Mazkur o'rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy yo'nalishi doirasida tashkil etildi.

📝 Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, hududning obodonchiligi va sanitariya-tozalik holatini yanada yaxshilash, shuningdek, BSK xodimlari faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 4