Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Xasanova tomonidan “Rayhon” mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ-327-sonli “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Uchrashuv va o‘rganish jarayonlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva, Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, kotibiyat bosh mutaxassislari A.Adhamov hamda X.Abdullayevlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
O‘rganish davomida mahalla hokim yordamchisi N.Komiljonov tomonidan hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davrida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagini bildirgan 40 nafar fuqaroga jami 956 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishiga ko‘maklashilgan.
Shuningdek, mahalla hududida 30 ta mikroloyiha ishga tushirilgan bo‘lib, ushbu loyihalarni amalga oshirish orqali aholi uchun qo‘shimcha daromad manbalari va bandlik imkoniyatlarini yaratishga e’tibor qaratilmoqda.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida 310 nafar fuqaroning bandligini ta’minlashga ko‘maklashilgan. Natijada 30 ta kam ta’minlangan oila “Kambag‘allik reyestri”dan chiqarilgan.
Bundan tashqari, 22 nafar fuqaroga subsidiya ajratilgan, 9 nafar fuqaro bepul kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirilgan, shuningdek, 1 nafar kam ta’minlangan fuqaroning xonadoni ta’mirlab berilgan.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi