Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Bolalar maydonchalari bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda

Bolalar maydonchalari bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda

“Xalqlar do‘stligi” MFY hududida barpo etilayotgan yangi bolalar maydonchalari yuzasidan o‘rganishlar davom ettirildi.

Navbatdagi manzilda Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Medetova Asiya Nizamatdinovna va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov 1-kichik tuman hududidagi 15-sonli ko‘p qavatli uylar oldida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

🏗 Joyiga chiqib o‘rganish jarayonida bolalar maydonchasini barpo etish ishlari boshlanganligi ko‘zdan kechirildi. Mutasaddilar tomonidan qurilish ishlarini yaqin kunlarda yakunlab, foydalanishga topshirish rejalashtirilgani bildirildi.

👧🧒 Yangi maydonchaning foydalanishga topshirilishi hududdagi bolalar uchun bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishlari uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi.

Slide 1 of 3