Mahalladagi bolalar maydonchalari holati o‘rganiladi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Medetova Asiya Nizamatdinovna va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Xalqlar do‘stligi” MFY raisi bilan uchrashdi.
🤝 Muloqot davomida mahalla hududida yangidan barpo etilayotgan bolalar maydonchalari hamda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
🔎 Uchrashuv yakunida mazkur maydonchalarda yaratilayotgan sharoitlar va bajarilayotgan ishlarni joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirish, mavjud holatni o‘rganish belgilandi.
📌 Bolalar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy sharoitlar yaratish masalasi deputatlik nazorati doirasida o‘rganiladi.