Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masala yuzasidan Namangan shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar holati atroflicha tahlil qilindi.
Xususan, hududda aholi daromadlarini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan mas’ul bo‘limning hisobotlari o‘rganildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud kamchilik va muammolar aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi hamda mazkur masalani Kengash sessiyasida ko‘rib chiqish uchun zarur xulosalar shakllantirildi.