Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotidagi shart-sharoitlar o‘rganildi
янв.21
16-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
“Tug‘onboshi” mahallasida fuqaroning murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar o‘rganildi
янв.21
Fuqarolarning ijtimoiy holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida murojaatlar o‘rganildi
янв.21
Fuqaroga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam holati o‘rganildi
янв.21
Fuqarolar qabuli davomida ijtimoiy yordam ko‘rsatish holati o‘rganildi
Deputat mahallada

Deputat mahallada

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati G.Abdullayeva Nezaxos mahallasida ijtimoiy-siyosiy va xalqchil faoliyatini davom ettirib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarning turmush tarzi va muammolarini yaqindan o‘rganish maqsadida amaliy tadbirlarni amalga oshirdi.
Jumladan, deputat G.Abdullayeva mahalla ijtimoiy xodimi Oygul Erjonova bilan hamkorlikda Ozodlik ko‘chasi, 28-uyda istiqomat qiluvchi, kam ta’minlangan oilalar reyestriga kiritilgan fuqaro Ozoda Miskinovaning xonadonida bo‘ldi.
O‘rganish jarayonida ushbu oilaning ijtimoiy-maishiy sharoitlari, ularni qiynab kelayotgan muammolar hamda davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlarning manzilliligini ta’minlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Aholining turmush darajasini yaxshilash va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi davlat siyosatini joylarda samarali amalga oshirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilanib, deputatlik nazorati o‘rnatildi.

Slide 1 of 1