O‘rganish davomida aholi bilan bevosita muloqot qilinib, mahalladagi mavjud muammolar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tinglandi.️
Jumladan, fuqarolar tomonidan Bodok bo‘yi ko‘chasining ayrim qismini asfalt qilish bo‘yicha taklif bildirildi. ️
Mazkur taklifni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va amaliy yechim topish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tartibda murojaat qilish belgilandi.
Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish va ularning takliflarini amaliy qo‘llab-quvvatlash mahalladagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etishga xizmat qiladi.