Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O.Aliqulov tomonidan “Shodlik” mahallasi Besh yuz ko‘chasida ko‘chasi faoli G‘.Toshtanov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Muloqot davomida ko‘cha aholisi tomonidan bir qator muammolar ko‘tarildi. Jumladan, 18 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish, oqar suv tarmog‘ini tortish ishlarining boshlanmayotganligi yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Deputat tomonidan murojaatlarda ko‘rsatilgan masalalar joyida o‘rganilib, ularni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish va fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.