35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada amalga oshirilgan investitsiya loyihasi o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada yangi investitsiya loyihasi ishga tushirildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning holati o‘rganildi
янв.21
“Nonvoylik guzar” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
“Nonvoylik guzar” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
“Nonvoylik guzar” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Soya-salqin sayr ko‘chasi” barpo etilishi bo‘yicha o‘rganish olib borildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #Kengash_raisi #deputat_faoliyati Kengash raisi, deputat D.Normuradovaning hafta davomida amalga oshirgan ishlari — inson qadri, mahalla taraqqiyoti va ta’sirchan deputatlik nazorati yo‘lida

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova tomonidan hafta davomida aholi bilan bevosita muloqot qilish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni tahlil qilish, aholi bandligi va oilalar daromadini oshirish, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan qator amaliy ishlar amalga oshirildi.

Haftalik faoliyat davomida mahallabay ishlash, aholi muammolarini joyida o‘rganish, ijtimoiy soha va xavfsizlik masalalarini nazorat qilish, shuningdek, Kengashning parlament faoliyatini yanada samarali tashkil etish yo‘nalishlarida muhim vazifalar belgilandi.

Mahallabay ishlash — amaliy natija sari

“Farxod” va “Turon” mahallalarida ishsiz va kam daromadli oilalar bilan ishlash, xotin-qizlar va yoshlar bandligini ta’minlash, oilalarning barqaror daromad manbalarini kengaytirish masalalari o‘rganilib, tegishli vazifalar belgilandi.

“Shifokor” va “Yulduz” mahallalarida esa “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” mezonlari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, tadbirkorlik tashabbuslari va yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari tahlil qilindi.

Shuningdek, mahallalarda “Eng muhim 24 ta yo‘nalish” mezonlari asosida hokim yordamchisi, ijtimoiy xodim hamda xotin-qizlar faoli faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar va moddiy yordamlarning manzilliligi deputatlik nazoratidan o‘tkazildi.

Ijtimoiy soha va aholi xavfsizligi — doimiy e’tiborda

19-sonli DMTTda maktabgacha ta’lim sifati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza va xavfsizlik holati o‘rganildi.

“Yulduz” mahallasidagi Mirzo Ulug‘bek ko‘chasida o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash masalasi joyiga chiqib ko‘rib chiqilib, transport vositalari tezligini cheklovchi sun’iy notekisliklar o‘rnatish yuzasidan deputatlik so‘rovi yo‘naltirildi.

Davlat kadastrlari palatasi Termiz shahar filiali faoliyati ham nazorat-tahlil tartibida o‘rganilib, sohaviy qonunchilik ijrosi, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar shaffofligi va murojaatlar bilan ishlash holatiga e’tibor qaratildi.

Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda

Viloyat Bolalar kutubxonasida O‘zbekiston Xalq yozuvchisi, so‘z zargari Abdulla Qahhor tavalludiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy kechada ishtirok etildi.

Kengash faoliyati: nazorat, muhokama va hamkorlik

Hafta davomida doimiy komissiyalar va ekspert guruhlari faoliyati, nazorat-tahlil tadbirlarining natijadorligi muhokama qilindi.

Shahar Kengashining navbatdagi 25-sessiyasi kun tartibiga kiritiladigan shahar hayotiga daxldor dolzarb masalalar ko‘rib chiqilib, sessiyaga tayyorgarlik jarayonlari muvofiqlashtirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston — Janubiy Koreya o‘rtasidagi strategik sheriklikning yangi bosqichi hamda hududlararo hamkorlik imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

“Har bir nazorat tadbiri, har bir muloqot va qabulning tub zamirida bitta bosh maqsad bor — u ham bo‘lsa xalqimizni rozi qilish, har bir xonadonga qulaylik va farovonlik kirib borishini ta’minlashdir!”- deya ta'kidladi Kengash raisi, deputat D.Normuradova.

Hafta davomida amalga oshirilgan ishlar aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni kuchaytirish, mavjud muammolarni joyida aniqlash va ularni hal etishda deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Bu boradagi amaliy ishlar yangi haftada ham izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 9