23-BAND IJROSIBo‘g‘izog‘on mahallasida bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish masalal Bo‘g‘izog‘on mahallasida bandlik va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari o‘rganildi
🔍 Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining 15-Bo‘g‘izog‘on saylov okrugi deputati B. Xamrayev tomonidan Bo‘g‘izog‘on mahallasida aholi bandligini ta’minlash, ayniqsa, ishsiz fuqarolar, xotin-qizlar hamda yoshlarni doimiy ish bilan ta’minlash masalalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
🔍 O‘rganish davomida hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarining mavjud imkoniyatlari tahlil qilinib, yangi ish o‘rinlari yaratish, kasb-hunarga o‘qitish hamda ularning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🔍 Shuningdek, tadbirkorlik subyektlaridagi muammolar o‘rganilib, ularni bartaraf etish va faoliyatini kengaytirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.