35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Sobir Abdulla” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Sobir Abdulla” mahallasida xavfsizlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Sobir Abdulla” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Sobir Abdulla” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
NAVBAHOR MAHALLASIDA UYBOSHI BILAN UCHRASHUV DAVOMIDA MUAMMOLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, O‘zLiDeP a’zosi Murotova Lola Ne’matjon qizi Navbahor mahallasida Ts-13-uy uyboshisi Marsimov Muhammad Shoabdukarimovich bilan suhbatlashib, uyda mavjud muammolarni o‘rgandi.
Uyboshining ta’kidlashicha, hozirgi kunda 13-uyda hech qanday jiddiy muammo mavjud emas va uy bilan bog‘liq masalalar uning doimiy nazoratida.
Shu bilan birga, suhbat davomida 13-uyning orqa qismidan o‘tuvchi yo‘lning holati bo‘yicha muammo ko‘tarildi. Uyboshining ma’lum qilishicha, o‘tgan yili hududda olib borilgan qurilish ishlari natijasida transport vositalari harakati ko‘payib, yo‘l qoplamasi yaroqsiz holatga kelib qolgan.
Mazkur yo‘lni ta’mirlash va asfalt qoplamasi yotqizishda amaliy yordam ko‘rsatish so‘raldi.
Deputat tomonidan ushbu masala joyida o‘rganilib, murojaatni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish va qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

Slide 1 of 2