35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada amalga oshirilgan investitsiya loyihasi o‘rganildi
янв.21
Mahallada yangi investitsiya loyihasi ishga tushirildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning holati o‘rganildi
янв.21
“Nonvoylik guzar” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
“Nonvoylik guzar” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
“Nonvoylik guzar” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Soya-salqin sayr ko‘chasi” barpo etilishi bo‘yicha o‘rganish olib borildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA


AHOLI BANDLIGI VA DAROMADLARINI OSHIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2026-yil 3-sentyabr kuni aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va ishsizlikni qisqartirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Mazkur vazifalar ijrosi doirasida xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputatlari Sh. Rahimov, O. Dadajonova, hudud deputati D. Karimov, “Madad” NNT vakili B. Abidov, Kengash Ekspertlar guruhi a’zosi M. Obidova hamda biriktirilgan tashkilot vakili T. Isaqov ishtirokida Yangi Asr MFYda aholi bandligini ta’minlash va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ishga joylashtirish holati o‘rganildi.
O‘rganishda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 5 dekabrdagi 965-son qarori asosida zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlarining amaldagi holati, fuqarolarni ishga joylashtirish va ularning barqaror bandligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, fuqarolarning kasbi, malakasi va mehnat imkoniyatlari, mavjud ish o‘rinlariga yo‘naltirilishi, bandlikka to‘sqinlik qilayotgan muammolar hamda tadbirkorlik orqali daromad manbalarini kengaytirish imkoniyatlari o‘rganildi.
Asosiy maqsad — ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, aholini barqaror daromad manbai bilan ta’minlash va mahallada mavjud imkoniyatlarni yangi ish o‘rinlariga aylantirish.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.⬇️
Telegram |✅Facebook | 🎬YouTube | 📱Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 4