35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

AMIR TEMUR MAHALLASIDA SPORT INSHOOTI YANGILANADI

 AMIR TEMUR MAHALLASIDA SPORT INSHOOTI YANGILANADI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 10-sentabrdagi VII-34-115-7-101-K/26-son qarori bilan yoshlar uchun sport infratuzilmasini rivojlantirish va zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida mablag‘ ajratildi.
📍 Amir Temur MFYdagi 1-son Bolalar-o‘smirlar sport maktabida futbol maydoni hamda yengil atletika yugurish yo‘lagini xalqaro standartlarga mos o‘lchamlarga keltirish va ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
🔹 Ajratilgan mablag‘: 1 mlrd 648 mln so‘m
🔹 Buyurtmachi: “Samarqand viloyati hokimligi ‘Yagona buyurtmachi xizmati’” DUK
🔹 Asos: loyiha-smeta hujjatlari
🔹 Amalga oshirish: tender asosida
🏃‍♂️ Mazkur loyiha yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, futbol va yengil atletika yo‘nalishlarini rivojlantirish hamda sportchilar uchun xalqaro standartlarga mos sharoitlar yaratish imkonini beradi.
🇺🇿 Fuqarolar tashabbusi — sport infratuzilmasini rivojlantirish va sog‘lom avlodni tarbiyalash sari muhim qadam!