35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada amalga oshirilgan investitsiya loyihasi o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada yangi investitsiya loyihasi ishga tushirildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning holati o‘rganildi
янв.21
“Nonvoylik guzar” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
“Nonvoylik guzar” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
“Nonvoylik guzar” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Soya-salqin sayr ko‘chasi” barpo etilishi bo‘yicha o‘rganish olib borildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQ VA MANFAATLARI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 5-“Changi” saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa’diyevna tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida nogironligi bo‘lgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan huquq, imtiyoz va kafolatlarning ta’minlanishi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.O‘rganish davomida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqish, sanatoriy yo‘llanmalari hamda protez-ortopediya vositalari bilan ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.Jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mas’ul xodimi Z.Abduxamidova bilan suhbat davomida deputat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlarning amalda to‘g‘ri qo‘llanilishi qanday ta’minlanayotgani hamda fuqarolarni sanatoriy yo‘llanmalari va protez-ortopediya vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qanday amaliy ishlar amalga oshirilayotgani yuzasidan savollar berildi. Mas’ul xodim tomonidan savollarga tegishli javob va tushuntirishlar berildi.Shuningdek, 2026-yilning III choragida 121 nafar fuqaroga sanatoriy yo‘llanmalari ajratilgani, yil boshidan buyon 328 nafar fuqaro protez-ortopediya vositalari bilan ta’minlangani, 74 nafari ishga joylashtirilgani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, 127 nafar fuqaro adaptiv sport mashg‘ulotlariga, 153 nafari turli to‘garaklarga jalb etilgan.Ta’lim yo‘nalishida esa tumandagi 20 ta maktabda inklyuziv ta’lim yo‘lga qo‘yilgani, 21 nafar bola “Kunduzgi parvarish” xizmatidan foydalanayotgani qayd etildi.O‘rganish yakunida nogironligi bo‘lgan shaxslarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish bo‘yicha ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 2