Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Favqulodda vaziyatlar bo‘limining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasidan mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘lar yo‘naltirilishi muhokama qilindi
янв.21
“To‘xlimergan” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
“To‘xlimergan” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
“To‘xlimergan” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
“To‘xlimergan” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
“To‘xlimergan” mahallasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha o‘rganish olib borildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mahallalarda olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
“Marg‘ilon darvozasi” saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA ICHKI YO‘L HOLATI O‘RGANILDI

FUQAROLAR MUROJAATI ASOSIDA ICHKI YO‘L HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 1-Xalqabod saylov okrugi deputati N. Ruziyeva, tuman Kengashi mutaxassisi T. Murodov, tuman hokimligi vakili hamda Orol MFY raisi bilan birgalikda fuqarolardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida Orol MFY hududidagi 150 metr uzunlikdagi ichki yo‘lning holati ko‘zdan kechirildi. Fuqarolar ushbu yo‘lning loy holatga kelib qolishi, ayniqsa kuz-qish mavsumida yog‘ingarchilik sababli yo‘ldan harakatlanish qiyinlashayotgani haqida murojaat bildirgan.

Mazkur yo‘l maktabga olib boruvchi asosiy yo‘llardan biri ekani, undan o‘quvchilar, ota-onalar hamda mahalla aholisi muntazam foydalanishi ta’kidlandi.

Murojaat joyida o‘rganilib, yo‘lning holatini yaxshilash, uni ta’mirlash va aholiga qulay sharoit yaratish bo‘yicha mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, 150 metr ichki yo‘lni tartibga keltirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 3