35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada amalga oshirilgan investitsiya loyihasi o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada yangi investitsiya loyihasi ishga tushirildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning holati o‘rganildi
янв.21
“Nonvoylik guzar” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
“Nonvoylik guzar” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
“Nonvoylik guzar” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Soya-salqin sayr ko‘chasi” barpo etilishi bo‘yicha o‘rganish olib borildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
DUOBA MAHALLASIDAGI ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI

DUOBA MAHALLASIDAGI ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI

🚨 Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026 yil 3 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-sonli qarorining tumandagi ijrosi haqida”gi VII-19-10-8-110-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Duoba mahallasida amalga oshirilgan asfaltlash ishlari o‘rganildi.

🚨 O‘rganish ishlari Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov hamda 11-«Qo‘rg‘oncha» saylov okrugi deputati Y.Aliyev tomonidan joyiga chiqqan holda amalga oshirildi.

🚨 O‘rganish jarayonida mahalla hududida asfaltlash ishlarining belgilangan talablar asosida bajarilganligi, yo‘l qoplamasining sifati, ishlar ko‘lami hamda fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar holati ko‘zdan kechirildi.

🚨 Shuningdek, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini ta’minlash hamda amalga oshirilgan ishlar samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🚨 Mazkur o‘rganishlar tuman Kengashining qabul qilgan qarorlari ijrosini joylarda nazorat qilish, aholi manfaatlarini ta’minlash va hududlardagi mavjud yo‘l infratuzilmasini yanada yaxshilashga qaratilgan.

Slide 1 of 4