35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv va o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
“Sobir Abdulla” mahallasida aholi qabuli o‘tkazildi
янв.21
“Sobir Abdulla” mahallasida xavfsizlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
“Sobir Abdulla” mahallasida tadbirkorlikni rivojlantirish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Sobir Abdulla” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
AHILOBOD MAHALLASIDA KO‘KALAMZORLARNI HIMOYA QILISH

Ahilobod mahallasida daraxt va o‘simliklarni zararkunandalardan himoya qilish, ularning sog‘lom holatini saqlash maqsadida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining hududiy boshqarmasi mutaxassislari tomonidan amaliy ishlar olib borildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Murzametova Marina tashabbusi bilan hududdagi daraxt va o‘simliklarning holati o‘rganilib, zararkunandalarga qarshi tegishli himoya choralari ko‘rildi.

💊Mutaxassislar tomonidan o‘simliklarni himoya qilish uchun zarur preparatlar ajratilib, ulardan foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

⚖️Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘RQ-877-son, 2023-yil 9-noyabr talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirildi. Ushbu qonun o‘simliklarni zararli organizmlar, kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilishning huquqiy asoslarini belgilaydi.

🌿Yashil hududlarni asrash — atrof-muhitni muhofaza qilish va mahallalarimiz obodonligini ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 2