35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi xonadonlaridagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Davronbek” mahallasidagi korxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obodonlashtirish xizmatlari bo‘yicha to‘lov tariflari tasdiqlandi
янв.21
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish shtabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahrida aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlar monitoring qilindi
янв.21
Korxonaning ishlab chiqarish va eksport salohiyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha qaror qabul qilindi
янв.21
Qo‘qon shahrida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi
CHILONZOR TUMANIDA ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

 Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashining Qurilish, kommunal, suv xo‘jaligi, ekologiya, sanoat masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Chilonzor tumanida elektr ta’minoti tarmoqlarida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘rib chiqildi.
Doimiy komissiya yig‘ilishida Chilonzor tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Z.X. To‘rayevning 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan rekonstruksiya, modernizatsiya va ta’mirlash ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.
Muhokama yakunida elektr ta’minotida barqarorlikni ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini jadallashtirish va elektr tarmoqlarining texnik holati bo‘yicha doimiy monitoring olib borish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.
Shuningdek, Chilonzor tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘ining hisoboti doimiy komissiya a’zolarining fikr-mulohazalari va takliflarini inobatga olgan holda xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish uchun tavsiya etildi.