35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 IJTIMOIY REYESRGA KIRITILGAN OILALAR BANDLIGI O‘RGANILDI

🎯 AHOLINING BANDLIGINI TA’MINLASH — E’TIBOR MARKAZIDA
Deputat O. Sadullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi D. Abdrimova tomonidan ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning bandlik holati o‘rganildi.
🔹 Oilalarning mehnatga layoqatli a’zolari bandligi; 🔹 Ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash imkoniyatlari; 🔹 Kasb-hunarga o‘qitish va qayta tayyorlashga ehtiyojlari; 🔹 Mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar o‘rganib chiqildi.
🤝 MAQSAD:
Ijtimoiy reyestrdagi oilalar daromadini oshirish, ishsizlikni qisqartirish hamda fuqarolarning doimiy va munosib bandligini ta’minlashga ko‘maklashish.
📍 Deputatlik nazorati doirasida aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari belgilandi.