35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

KENGASH QARORLARI IJROSI TA’MINLANMOQDA

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Yoshlar ishlari agentligi Andijon shahar bo‘limi boshlig‘i M. Azimovga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Andijon shahridagi Xalq qabulxonasi tomonidan aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash holati yuzasidan taqdim etilgan axborot bo‘yicha Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining 2026-yil 3-avgustdagi VII-20-59-1-29-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli xat yuborilgan edi.

Mazkur xat va Kengash qarori ijrosi yuzasidan 2026-yil 9-sentabrdagi 1-1-159-sonli javob xatida topshiriqlar ijrosini ta’minlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan mas’ul xodimga nisbatan belgilangan tartibda intizomiy chora ko‘rilgani ma’lum qilindi.

Bu kabi nazorat tadbirlari Kengash qarorlarida belgilangan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlashga xizmat qiladi.