Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, Oʻzbekiston Qahramoni Muhabbat Sharapovaning "Yangi Oʻzbekiston" gazetasi (9 sentabr, 2026 yil, 186-son)da chop etilgan maqolasida mamlakatimizda maktabgacha taʼlim sohasidagi islohotlar keng yoritilgan.
🔹 Muallif taʼkidlashicha, maktabgacha taʼlim tizimi bolaning dunyoqarashi, nutqi va ijtimoiy koʻnikmalari shakllanadigan eng muhim davr boʻlib, bu soha nafaqat taʼlim, balki mamlakatning uzoq muddatli taraqqiyoti bilan bevosita bogʻliq.
🔹 Soʻnggi yillarda davlat-xususiy sheriklik mexanizmlari joriy etilishi bu sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish imkonini yaratgan.
🔹 Qashqadaryo misolida: hozirda viloyatda 22 490 oʻringa moʻljallangan 208 ta DXSh asosidagi nodavlat bogʻcha faoliyat yuritmoqda, shuningdek 124 500 dan ortiq oʻringa ega 3588 ta oilaviy bogʻcha ishlamoqda.
🔹 Faqat 2026 yilning birinchi yarmida yangi 458 ta oilaviy muassasa ochilib, 1430 ta yangi ish oʻrni yaratilgan.
🔹 Muallif fikricha, DXSh loyihalari nafaqat bolalarni bogʻcha bilan qamrab olishni oshiradi, balki yangi ish oʻrinlari yaratadi va taʼlim sifatiga sogʻlom raqobat orqali ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
💬 Xulosa qilib, muallif shunday deydi: maktabgacha taʼlimga yoʻnaltirilayotgan sarmoya — bu mamlakatning ertangi intellektual va ijtimoiy salohiyatiga qilinayotgan eng katta investitsiyadir.