#sessiya_oldi_organish
SESSIYA MUHOKAMASIGA KIRITILGAN MASALA YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Feruzaxon Omonova tomonidan Farg'ona mahalla fuqarolar yig'ini raisi hamda mahalla faollari ishtirokida tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan "Farg‘ona tumanidagi geografik obyektlarga nom berish yoki ularni qayta nomlash to‘g‘risidagi takliflarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi to‘g‘risida"gi masala yuzasidan Farg'ona mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
Mahalla hududidagi mavjud nomsiz ko'chalarga "Alplar", "Bolalik", "Dargoh", "Minor", hamda "Mo'tabar" nomi qo'yilishi taklif etilmoqda.
O'rganish davomida geografik obyektlarga nom berish yoki ularning nomlarini qayta nomlash bo‘yicha kiritilgan takliflarning qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi, davlat tili me'yorlariga rioya etilishi hamda jamoatchilik fikri inobatga olingan holda ko‘rib chiqildi.
✔️ O‘rganish yakunlari bo‘yicha shakllantirilgan xulosa va takliflar Xalq deputatlari Farg‘ona tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.
⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz