Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 11-“Guliston” saylov okrugidan saylangan deputati Mamatmuratov Azamat Karamatovichning saylov okrugiga qarashli “Qoratepa” mahallasida elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida beton ustunlarni o‘rnatish ishlari deputatlik nazorati doirasida o‘rganilmoqda.
O‘rganish davomida:
hududda beton ustunlarni o‘rnatish ishlari;
elektr tarmoqlarining mavjud holati;
amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va belgilangan talablarga muvofiqligi;
aholi uchun elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar nazoratga olinmoqda.
Deputat tomonidan mazkur ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz