35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQARONING MUROJAATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
FUQARONING MUROJAATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
KALVAK MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
KALVAK MAHALLASIDA FUQARONING MUAMMOSI O‘RGANILDI
янв.21
KALVAK MAHALLASIDA TADBIRKORLIK SOHASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
KALVAK MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
A.Umarxon ko‘chasining asfaltlashtirilishi masalasi o‘rganildi
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati “Mehrobod” mahallasida deputatlik nazorati
Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish, "mahalla yettiligi" faoliyatiga amaliy ko‘maklashish hamda aholi muammolarini joyida o‘rganish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!

Xususan, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar 18-“Mehrobod” saylov okrugi deputati B.Xollozovga biriktirilgan “Mehrobod” mahallasida bo‘lib, navbatdagi nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-116-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.

Mas’ullar tomonidan mahalla raisi ishtirokida quyidagi muhim masalalar atroflicha tahlil qilindi:

"Mahalla yettiligi" hamkorligi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va boshqa mas’ullarning o‘zaro muvofiqlashgan harakati;

Aholi murojaatlari bilan ishlash: Fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va kommunal muammolarni "xonadonbay" o‘rganish;

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: "Ijtimoiy daftarlar"ga kiritilgan xonadonlar, ehtiyojmand oilalar, xotin-qizlar va yoshlarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish ahvoli.

O‘rganishlar yakunida mas’ullar mahalla faollariga Prezidentning PF-116-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, aholi murojaatlarini tezkor hal etish yuzasidan tegishli deputatlik tavsiya va ko‘rsatmalarini berishdi.

Mahalla farovonligi va aholi roziligi — deputatlik nazoratida!