9-BAND IJROSI: BEPUL DORI VOSITALARI VA IJTIMOIY KO‘MAK HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat F. Islomova tomonidan mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar holati o‘rganildi.
💊 O‘rganish davomida imtiyozli toifadagi fuqarolarning bepul dori vositalari bilan ta’minlanishi, ularga ko‘rsatilayotgan amaliy yordam va mavjud ehtiyojlar ko‘zdan kechirildi.
🏠 Shuningdek, nogironligi bo‘lgan Amanova Jongul xonadoniga tashrif buyurildi.
Fuqaroning sog‘lig‘i sababli yurishida qiyinchiliklar mavjudligi o‘rganilib, unga nogironlar aravachasi ajratilgani va zarur yordamlar ko‘rsatib kelinayotgani holati bilan tanishildi.
🤝 Deputat tomonidan fuqarolarning ehtiyojlarini o‘rganish, ularga belgilangan imtiyoz va ko‘maklarning o‘z vaqtida yetib borishini ta’minlash hamda mavjud muammolarni joyida aniqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
💚 Deputatlik nazorati — inson manfaatlarini himoya qilish, muammolarni eshitish va amaliy yechim topishga xizmat qiladi.