KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH VA XAVFSIZLIK MASALALARI BO‘YICHA DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
📋 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔎 Yig‘ilish davomida komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar, hududda qonuniylikni ta’minlash, korrupsiyaning oldini olish, jamoat tartibi va xavfsizlikni mustahkamlash yo‘nalishlaridagi vazifalar muhokama qilindi.
🤝 Shuningdek, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, joylarda o‘rganish va deputatlik nazoratini tizimli tashkil etish, aniqlangan muammolar yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
📌 Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.
Deputatlik nazorati — qonuniylik, xavfsizlik va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashning muhim mexanizmidir.