35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQARONING MUROJAATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
FUQARONING MUROJAATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
KALVAK MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
KALVAK MAHALLASIDA FUQARONING MUAMMOSI O‘RGANILDI
янв.21
KALVAK MAHALLASIDA TADBIRKORLIK SOHASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
KALVAK MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
A.Umarxon ko‘chasining asfaltlashtirilishi masalasi o‘rganildi
Yangihayot MFY hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi

Yangihayot MFY hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova saylangan Yangihayot MFY hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda hududda xavfsiz muhitni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida, ayniqsa, “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni kamaytirish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar, mahalla yettiligi hamkorligi, fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda muammoli oilalar bilan olib borilayotgan ishlarning samaradorligiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, jinoyat sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan individual ishlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar:

hududdagi “qizil” va “sariq” toifadagi ko‘chalar va oilalarni manzilli o‘rganish;

jinoyat va huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik murojaatlari kiritish;

profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar, ayniqsa yoshlar bilan individual ishlash holatini nazoratga olish;

mahalla yettiligi, profilaktika inspektori va boshqa mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish;

tungi vaqtda xavfsizlikni ta’minlash, hududdagi yoritish moslamalari, videokuzatuv kameralari va xavfsizlik infratuzilmasi holatini o‘rganish;

fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish;

aniqlangan muammolar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish va ularning ijrosini nazorat qilish;

jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan mas’ullarning hisobotlarini eshitish;

hududdagi jinoyatchilik ko‘rsatkichlarini muntazam tahlil qilib, natijadorlikni oshirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqish;

amalga oshirilgan ishlar va aniqlangan muammolarni mahalliy Kengash deputatlik nazorati doirasida ko‘rib borish tavsiya etildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va hududda jinoyatchilikning oldini olish samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2