35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Deputatlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihalarini tanlab olish ishchi komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi doirasida maktabda amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari sayyor qabulda o‘z yechimini topdi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahridagi “Itline” xususiy maktabi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihasi doirasidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari belgilandi
#hududiy_tajriba 📋 “Ishtixon namunasi”: mahalla raisi faoliyatini o‘rganishning yangi yondashuvi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati F.Abdurazzaqov tomonidan 16-Zarband saylov okrugiga qarashli Beshbola mahallasida mahalla raisi faoliyati hamda “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligi o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida mahalla raisi va mahalladagi mas’ullarning aholi bilan ishlashi, mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etishdagi faoliyati, davlat organlari bilan hamkorligi hamda mahallani rivojlantirish borasidagi ishlariga e’tibor qaratildi.

📑 Mazkur yo‘nalishda mahalla raisi faoliyatini tizimli o‘rganish va baholashga mo‘ljallangan maxsus savolnomadan foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Savolnoma orqali:

🔹 “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlari ijrosi;

🔹 mahalladagi ijtimoiy-ma’naviy muhit;

🔹 davlat organlari bilan hamkorlik va aholi muammolarini hal etish;

🔹 “mahalla yettiligi” faoliyatining muvofiqlashtirilishi;

🔹 jamoatchilik nazorati va qonunchilik ijrosi kabi yo‘nalishlarni tizimli o‘rganish nazarda tutilgan.

📌 Mazkur tajriba mahalla faoliyatini aniq mezonlar asosida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va samarali ish usullarini ommalashtirishga xizmat qiladi.

“Ishtixon namunasi” — mahalla faoliyatini o‘rganishda tizimli yondashuv sari.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4