35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Deputatlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihalarini tanlab olish ishchi komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi doirasida maktabda amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari sayyor qabulda o‘z yechimini topdi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahridagi “Itline” xususiy maktabi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihasi doirasidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari belgilandi
Muammo joyida o‘rganildi, xavfsizlik masalasi nazoratga olindi

Termiz shahrida mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqqan holda aniqlash hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyat mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov Kengashning 12-“Saxovat” saylov okrugi deputati X.Jo‘rayev bilan birgalikda saylov okrugiga qarashli “Tinchlik” mahallasida bo‘ldilar.

O‘rganish davomida mahalla hududidagi 22-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga olib boruvchi yo‘lda piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan svetofor ishlamayotgani aniqlandi.

Mazkur holat, ayniqsa, maktab o‘quvchilarining yo‘lni kesib o‘tishi vaqtida xavfsizlik bilan bog‘liq muayyan noqulayliklarni yuzaga keltirishi mumkinligi sababli deputatlar tomonidan alohida nazoratga olindi.

Aniqlangan kamchilik joyida qayd etilib, svetoforning texnik holatini o‘rganish, uni soz holatga keltirish hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Slide 1 of 2