35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Deputatlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihalarini tanlab olish ishchi komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi doirasida maktabda amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari sayyor qabulda o‘z yechimini topdi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahridagi “Itline” xususiy maktabi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihasi doirasidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari belgilandi
Sanoat mahallasida piyodalar yo‘lagi tashkil etish masalasi o‘rganildi

#kotibiyat_mudiri #24_ta_muhim_masala
Sanoat mahallasida piyodalar yo‘lagi tashkil etish masalasi o‘rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi kotibiyat mudiri Shuxratjon Rahimov hamda Adolat SDP Farg‘ona tuman Kengashi raisi Nodirbek Karimov tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasining mas’ul xodimlari ishtirokida 4-Sanoat saylov okrugida o‘rganish olib borildi.
📍 O‘rganish davomida Sanoat mahallasi Paxtakor ko‘chasida piyodalar yo‘lakchasi qurish masalasi ko‘tarildi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan mazkur taklif avval “Tashabbusli budjet” jarayonlariga kiritilgan bo‘lsa-da, loyiha yetarli ovoz to‘play olmagani sababli g‘oliblar qatoridan joy olmagan.
➡️ Shu munosabat bilan masalani faqat “Tashabbusli budjet” doirasida emas, balki mavjud boshqa imkoniyatlardan foydalangan holda hal etish yo‘llari muhokama qilindi.
🤝 Mutaxassislar bilan birgalikda hududdagi mavjud sharoitni atroflicha o‘rganish, piyodalar uchun xavfsiz va qulay harakatlanish imkoniyatini yaratish hamda piyodalar yo‘lakchasini barpo etish bo‘yicha amaliy choralarni belgilashga kelishib olindi.

Fuqarolar murojaatlari — deputatlik nazoratida!

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring.⬇️
Telegram |✅Facebook | 🎬YouTube | 📱Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 3