35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Deputatlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihalarini tanlab olish ishchi komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi doirasida maktabda amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari sayyor qabulda o‘z yechimini topdi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahridagi “Itline” xususiy maktabi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihasi doirasidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahridagi 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi
TUTTAGI MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR MUAMMOLARI DEPUTATLIK NAZORATI ASOSIDA O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–406-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining KQ–35-V-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan 24 ta tavsiya asosida hududlarda deputatlik o‘rganishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 13-Yoyilma saylov okrugi deputati X.Abdurahmonov hamda deputatga biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirokida Tuttagi mahallasida o‘tkazildi.

O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlarning ijtimoiy holati, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish, tibbiy-psixologik va huquqiy ko‘makka ehtiyojlarini aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mahalla xotin-qizlar faoli G.Soliyeva tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Tuttagi mahallasida jami 5 373 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallada 743 ta xonadon va 1 387 ta oila mavjud.

O‘rganish jarayonida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar bilan bog‘liq holat ham tahlil qilindi. Bugungi kunda mahallada 130 nafar ayol mazkur ro‘yxatda qayd etilgan.

Ularning ehtiyojlari turlicha bo‘lib, 10 nafar ishsiz ayolning bandligini ta’minlash, 3 nafar tadbirkorlik qilish istagidagi xotin-qizni qo‘llab-quvvatlash, uy-joyini ta’mirlashga ehtiyoji mavjud bo‘lgan 1 nafar ayolga amaliy yordam ko‘rsatish masalalari mavjud.

Shuningdek, 56 nafar ayol tibbiy va psixologik maslahat hamda yordamga, 60 nafar xotin-qiz esa huquqiy ko‘makka ehtiyojmand ekani aniqlandi.

Mazkur ko‘rsatkichlar mahallada xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini alohida o‘rganish va mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib amaliy yordam choralarini belgilash muhimligini ko‘rsatmoqda.

Deputatlik o‘rganishi davomida har bir murojaat va ehtiyojni umumiy statistika sifatida emas, balki ortida muayyan inson va uning hayotiy muammosi turgan masala sifatida ko‘rib chiqishga e’tibor qaratildi. Ayniqsa, ishsiz xotin-qizlarni bandlikka yo‘naltirish, tadbirkorlik boshlash istagidagi ayollarga ko‘maklashish, tibbiy-psixologik va huquqiy maslahat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari dolzarb ekani qayd etildi.

Deputatlik nazoratining bunday shakli mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimining real holatini baholash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish uchun muhim imkoniyat yaratadi.

Eng muhimi, deputatlik o‘rganishlari orqali aholi muammolarini joyida ko‘rish, ularni tegishli mas’ullar e’tiboriga yetkazish va natijadorlikni nazorat qilishga qaratilgan amaliy mexanizm shakllanmoqda.

Slide 1 of 3