35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Deputatlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihalarini tanlab olish ishchi komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi doirasida maktabda amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari sayyor qabulda o‘z yechimini topdi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahridagi “Itline” xususiy maktabi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihasi doirasidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari belgilandi
#kotibiyat_mudiri

Xo‘jaqishloq mahallasidagi 60-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Bilimlar kuni tadbiri ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

✅Tadbirda xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 13-Xo‘jaqishloq saylov okrugi deputati N. Mo‘minova, mahalla raisi F. Rahmonqulov, mahalla faollari, jamoatchilik vakillari, pedagoglar hamda yoshlar ishtirok etdi.

✅Tadbir davomida yurtimizda ta’lim sohasiga qaratilayotgan e’tibor, yoshlarning sifatli bilim olishi uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Ishtirokchilar yosh avlodning bilimli, vatanparvar va barkamol bo‘lib voyaga yetishi mamlakatimiz taraqqiyotining muhim omili ekanini ta’kidladilar.

✅Shuningdek, yangi o‘quv yilida o‘quvchilarga muvaffaqiyat, pedagoglarga esa mas’uliyatli va sharafli faoliyatlarida ulkan zafarlar tilanib, Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etildi.

Slide 1 of 4