Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati Nishonov Abdumalik Narziyevich tomonidan Galabotir mahallasidagi 47-maktab oldidan o‘tuvchi A-377 avtomobil yo‘lida o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.
🤩Mazkur so‘rov asosida hudud o‘rganilib, piyodalar o‘tish joyining “zebra” chiziqlari yangilandi. Shuningdek, hududda yo‘l belgilari va svetofor qurilmasi mavjudligi aniqlandi.
🤩Fuqarolar va o‘quvchilar xavfsizligi yo‘lidagi amaliy ishlar davom etmoqda.