Xususan, "Oqarbuloq" mahallasida rejalashtirilgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish loyihalari, xizmat ko‘rsatish ob’yektlarini tashkil etish hamda infratuzilmani rivojlantirish jarayonlari bilan joyida tanishildi.
Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi raisi A.Turdiyev, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov, viloyat Kengashi deputati A.Oripov, tuman Kengashi deputati Yu.Hakimov, Kengash kotibiyati mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar ishtirok etdilar.
Sohada olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlarining borishi, ob’yekt pasporti va loyiha takliflari ko‘zdan kechirilib, qurilish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish hamda ishlarni sifatli yakunlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram