Tadbir avvalida Davlat madhiyasi yangrab, barcha ishtirokchilar tomonidan yakdil va ko‘tarinki ruhda kuylandi. Shundan so‘ng, tuman Kengashi raisi A.Turdiyev va maktab ma’muriyati tomonidan sohadagi islohotlar, o‘quvchilarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritilib, jajji o‘quvchilarga samimiy tilaklar bildirildi.
Tantanali tadbir davomida maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga "Prezident sovg‘alari" — zamonaviy maktab sumkalari va o‘quv qurollari to‘plami topshirildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube🌐oltinsoy.uz