35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Deputatlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihalarini tanlab olish ishchi komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi doirasida maktabda amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari sayyor qabulda o‘z yechimini topdi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahridagi “Itline” xususiy maktabi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihasi doirasidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari belgilandi
“Alpomish” mahallasida deputatlik nazorati


Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish, "mahalla yettiligi" faoliyatiga amaliy ko‘maklashish hamda aholi muammolarini joyida o‘rganish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!

Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Sh.Boyqulov, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.AShurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar shahardagi “Alpomish” mahallasida bo‘lib, navbatdagi nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdilar.

Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-116-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.

Mas’ullar tomonidan mahalla raisi ishtirokida quyidagi muhim masalalar atroflicha tahlil qilindi:

"Mahalla yettiligi" hamkorligi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va boshqa mas’ullarning o‘zaro muvofiqlashgan harakati;

Aholi murojaatlari bilan ishlash: Fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va kommunal muammolarni "xonadonbay" o‘rganish;

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: "Ijtimoiy daftarlar"ga kiritilgan xonadonlar, ehtiyojmand oilalar, xotin-qizlar va yoshlarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish ahvoli.

O‘rganishlar yakunida mas’ullar mahalla raisiga Prezidentning PF-116-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, aholi murojaatlarini tezkor hal etish yuzasidan tegishli deputatlik tavsiya va ko‘rsatmalarini berishdi.

Mahalla farovonligi va aholi roziligi — deputatlik nazoratida!
Slide 1 of 2