35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi
янв.21
Mahallada amalga oshirilgan investitsiya loyihasi o‘rganildi
янв.21
Mahallada yangi investitsiya loyihasi ishga tushirildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrdagi oilalarning holati o‘rganildi
янв.21
“Nonvoylik guzar” mahallasida ijtimoiy reyestrdagi oilalar holati o‘rganildi
янв.21
“Nonvoylik guzar” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi o‘rganildi
янв.21
“Nonvoylik guzar” mahallasida “Mahalla yettiligi” bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Soya-salqin sayr ko‘chasi” barpo etilishi bo‘yicha o‘rganish olib borildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
MAHALLADA AHOLI BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI MUHOKAMA QILINDI

MAHALLADA AHOLI BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI MUHOKAMA QILINDI


Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyat mudiri J. Hamroyev hamda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyat mudiri J. Hafizov Navoiy shahridagi Chinor mahallasida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashdi.

🤝 Uchrashuv davomida mahallada aholi bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, ularning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish, aholining bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
📑 Muloqotda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-350-son Qonunida belgilangan vazifalar ijrosiga ham to‘xtalib o‘tildi. Mahalla fuqarolarning kundalik muammolarini hal etish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va jamiyat hayotidagi faolligini oshirishda muhim bo‘g‘in ekani ta’kidlandi.

🔹 Uchrashuv yakunida mahallada amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, aholi bilan ochiq va samimiy muloqotni kuchaytirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 3