35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi xonadonlaridagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Davronbek” mahallasidagi korxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obodonlashtirish xizmatlari bo‘yicha to‘lov tariflari tasdiqlandi
янв.21
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish shtabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahrida aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlar monitoring qilindi
янв.21
Korxonaning ishlab chiqarish va eksport salohiyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha qaror qabul qilindi
янв.21
Qo‘qon shahrida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi
BILIMLAR KUNI — YANGI O‘QUV YILI MUBORAK!
MUNOSABAT

📚 BILIMLAR KUNI — YANGI O‘QUV YILI MUBORAK!

🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi — Bilimlar kuni munosabati bilan barcha ustoz va murabbiylar, o‘quvchi-yoshlar hamda ota-onalarni samimiy muborakbod etadi.

✨Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang tarzda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

🎓 Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’lim va tarbiya masalasiga doimo alohida e’tibor qaratilib, yosh avlodga sifatli ta’lim berish, ularning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilanmoqda.

⚡️Prezidentimiz ilgari surayotgan Uchinchi Renessansni barpo etish g‘oyasi ham, avvalo, bilimli, ma’rifatli, zamonaviy tafakkurga ega va Vatanga sadoqatli yosh avlodni tarbiyalash bilan chambarchas bog‘liq.

🌱 Bugun maktab ostonasidan katta hayotga qadam qo‘yayotgan har bir o‘g‘il-qiz — yurtimizning ertangi kuni, xalqimizning umidi va Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining munosib davomchisidir.

💡 O‘qish, ilm-fan, zamonaviy texnologiyalar, IT, ijod, sport va kasb-hunar yo‘nalishlarida o‘z iqtidorini namoyon etayotgan yoshlarimiz safining kengayib borayotgani barchamizni quvontiradi.

👩‍🏫 Aziz ustoz va murabbiylar!

Sizlarning fidokorona mehnatingiz, bilim va tajribangiz, mehr va e’tiboringiz tufayli yosh avlod qalbida ilmga muhabbat, Vatanga sadoqat va kelajakka ishonch tuyg‘ulari shakllanmoqda.

Shu bois, ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirish, pedagoglarning mehnatini munosib qadrlash, o‘quvchi-yoshlar uchun zamonaviy va qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘lidagi ishlarni izchil davom ettirish barchamizning muhim vazifamizdir.

🌟 Yangi o‘quv yili maktab, litsey, texnikum va oliy ta’lim muassasalarida yangi marralar, katta yutuqlar va unutilmas muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!

📖 Barcha o‘quvchi-yoshlarga — a’lo baholar va ulkan zafarlar, ustoz va murabbiylarga — kuch-g‘ayrat, ijodiy muvaffaqiyatlar, ota-onalarga esa farzandlarining kamolini ko‘rib yurish baxtini tilayman.

🇺🇿 Bilimga intilgan yoshlar — Yangi O‘zbekistonning mustahkam tayanchi va Uchinchi Renessansning bunyodkorlaridir!

✨ Bilimlar kuni va yangi 2026–2027-o‘quv yili muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Shaxnoza Umarxodjayeva
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi
Slide 1 of 1