35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
FUQARONING MUROJAATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
FUQARONING MUROJAATI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANILDI
янв.21
KALVAK MAHALLASIDA XAVFSIZ MUHITNI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
KALVAK MAHALLASIDA FUQARONING MUAMMOSI O‘RGANILDI
янв.21
KALVAK MAHALLASIDA TADBIRKORLIK SOHASIDAGI ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
KALVAK MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
“Kalvak guzari” mahallasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
A.Umarxon ko‘chasining asfaltlashtirilishi masalasi o‘rganildi
MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK!

#Tabrik #Mustaqillik_muborak #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK!

✨ Aziz vatandoshlar!

🎉 Sizlarni xalqimiz hayotidagi eng ulug‘ va qadrli sana — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

🇺🇿 Mustaqillik — xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan, milliy davlatchiligimiz tiklangan, o‘z taqdirimiz va kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etish imkonini bergan bebaho ne’matdir.

🏗 O‘tgan 35 yil davomida yurtimiz ulkan taraqqiyot va bunyodkorlik yo‘lini bosib o‘tdi. Bugun Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, shahar va mahallalarimizdagi yangilanishlar, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ezgu ishlar mustaqilligimizning naqadar ulkan imkoniyatlar yaratganini yaqqol namoyon etmoqda.

💠 Ayniqsa, azim poytaxtimiz Toshkentning tobora obod, zamonaviy va farovon shaharga aylanib borayotgani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.

💐 Ushbu qutlug‘ ayyomda har bir yurtdoshimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlariga tinchlik, fayzu baraka va farovonlik tilayman. Yurtimiz osmoni hamisha musaffo, xalqimiz hamjihat, Vatanimiz taraqqiyoti bardavom bo‘lsin!

🕊 Mustaqilligimiz abadiy, jonajon O‘zbekistonimizning kelajagi yanada porloq bo‘lsin!

🇺🇿 Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar!

🏛 Hurmat bilan, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi
Rustamxon Kalanov

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1