35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Deputatlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihalarini tanlab olish ishchi komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi doirasida maktabda amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari sayyor qabulda o‘z yechimini topdi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahridagi “Itline” xususiy maktabi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihasi doirasidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari belgilandi
Deputatlik nazorati: boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, Adolat SDP a'zosi Tashmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna tomonidan Fidokor mahallasiga xizmat ko‘rsatuvchi “Elena Servis” BSK faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan ko‘p qavatli uy-joylarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, hududlarning obodonligi va sanitariya holati, umumiy foydalanish joylarining saqlanishi, kirish yo‘laklari holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aholidan kelib tushayotgan murojaatlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash hamda aholining murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Deputat tomonidan uy-joy fondini saqlash, aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish va ko‘p qavatli uylarda yashovchilar uchun qulay sharoit yaratish masalalari deputatlik nazorati doirasida doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi.

Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganishlar hamda aniqlangan masalalar yuzasidan nazorat ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 9