35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Deputatlar faoliyati tahlil qilindi
янв.21
Deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihalarini tanlab olish ishchi komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi doirasida maktabda amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Yoshlar murojaatlari sayyor qabulda o‘z yechimini topdi
янв.21
Tashabbusli budjet loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahridagi “Itline” xususiy maktabi faoliyati bilan tanishildi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihasi doirasidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari belgilandi
BOSHQARUV KOMPANIYALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI, KO‘P QAVATLI UYLAR ICHKI YO‘LAKLARI (POD’EZDLARI), ATROFIDAGI MAYDON TOZALIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Maxmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan o‘zi saylangan okrug hududidagi “Gulbog‘” MFY hududidagi “Parkentsoy” turar joy majmuasida barpo etilgan yangi ko‘p qavatli uylarning bugungi holati o‘rganildi.O‘rganish davomida ko‘p qavatli turar joylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyalari faoliyatining samaradorligi, uylarning ichki yo‘laklari va pod’ezdlari, yerto‘lalarining holati, shuningdek, uylar atrofidagi hududlarning obodonligi, tozaligi va yoritilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Nazorat jarayonida turar joy majmuasidagi umumiy foydalanish joylari ko‘zdan kechirilib, mavjud sharoitlar va hududning sanitariya-obodonlashtirish holati bilan tanishildi. Ko‘p qavatli uylarning ichki va tashqi hududlarini ozoda saqlash, yoritish tizimlarining sozligini ta’minlash hamda aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratish muhimligi qayd etildi.Shuningdek, deputat ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiluvchi aholi bilan bevosita muloqot qilib, ularning muammo va ehtiyojlari, taklif hamda mulohazalarini tingladi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalar yuzasidan ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish va amaliy choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.Muloqot davomida fuqarolarga ko‘p qavatli uylar atrofi va umumiy foydalanishdagi hududlarni ozoda saqlash, obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etish, yashash manzilini asrab-avaylash har bir fuqaroning mas’uliyati ekani tushuntirildi.O‘rganish yakunida ko‘p qavatli turar joylarda yashovchi aholi uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash, mavjud masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda hududlarning obodonligi va tozaligini doimiy nazoratda tutish muhimligi qayd etildi.  

Slide 1 of 5