35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi xonadonlaridagi muammolar joyida o‘rganildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Davronbek” mahallasidagi korxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Obodonlashtirish xizmatlari bo‘yicha to‘lov tariflari tasdiqlandi
янв.21
“Davronbek” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish shtabi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Qo‘qon shahrida aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlar monitoring qilindi
янв.21
Korxonaning ishlab chiqarish va eksport salohiyati o‘rganildi
янв.21
“Fuqarolar tashabbusi jamg‘armasi” mablag‘larini yo‘naltirish bo‘yicha qaror qabul qilindi
янв.21
Qo‘qon shahrida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri o‘tkazildi
NAVBATDAGI O‘TTIZ BIRINCHI SESSIYAGA TAYYORGARLIK KO‘RILMOQDA

Avval xabar qilinganidek bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi o‘ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tadi. Sessiyasga tayyorgarlik ko‘rish ishlari olib borilmoqda.

Sessiya kun tartibiga kiritiladigan qaror loyihalari, ma’ruza va axborotlar hamda boshqa sessiya hujjatlarining belgilangan tartibda tayyorlanishi, mazmunan va huquqiy jihatdan puxtaligi Kengash raisi O.Axmatshayev tomonidan nazorat qilinmoqda.

Shuningdek, Kengashning doimiy komissiyalari raislari X.Abduraxmonov va A.Mahkamov tomonidan sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalarni dastlabki muhokamadan o‘tkazish, ularning dolzarbligi va amaliy ahamiyatini tahlil qilish hamda sessiya ishini samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur jarayonlarda asosiy e’tibor sessiya kun tartibidagi masalalarni har tomonlama o‘rganish, deputatlar muhokamasi uchun zarur hujjatlarni sifatli tayyorlash hamda qabul qilinadigan qarorlarning qonuniyligi, asoslanganligi va amaliy ijrosini ta’minlashga qaratilmoqda.

Slide 1 of 3