35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Urganjibog‘” mahallasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Fuqarolar murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatish choralari belgilandi
янв.21
Nuroniylarga e’tibor va g‘amxo‘rlik — ezgu qadriyat
янв.21
Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘rganish olib borildi
янв.21
Yangi o‘quv yili arafasida ehtiyojmand oilalar farzandlariga ko‘mak ko‘rsatildi
янв.21
“Urganjibog‘” mahallasida o‘rganish va uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasidagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
“Davronbek” mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganildi
Nuroniylarga e’tibor va g‘amxo‘rlik — ezgu qadriyat

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 21-“Urganjibog‘” saylov okrugidan saylangan deputat M.Azimov hududidagi “Urganjibog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mahalla Nuroniylar kengashi raisi Abdullayev Ne’matjon bilan suhbat o‘tkazilib, hududda nuroniy keksalar bilan olib borilayotgan ishlar, ularning holidan xabar olish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Suhbat davomida 10 nafar nuroniy keksani bayram munosabati bilan sovg‘alar bilan xursand qilish bo‘yicha tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Mazkur tashabbusni amalga oshirish maqsadida mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlik qilish, zarur choralarni ko‘rish va masalani ijobiy hal etish bo‘yicha kelishib olindi.

Nuroniylarni e’zozlash, ularning hayotiy tajribasi va duosini qadrlash, ularga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish — jamiyatimizdagi ezgu qadriyatlarning yorqin ifodasidir.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2