Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangiobod ko‘chasini asfaltlashtirish masalasi o‘rganildi
янв.21
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oila holati o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi elektr simyog‘ochlari holati yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
Mahalla raisining faoliyati va hududdagi ijtimoiy holat o‘rganildi
янв.21
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob olindi
янв.21
Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Aholi murojaatlari bilan ishlash holati va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Hududni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha taklif o‘rganildi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Bo‘ston” mahallasida ta’mirlangan yo‘llar holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati A. Muxammadiev tomonidan Nuroniylar bilan samimiy uchrashuv tashkil etildi. Ushbu muloqot davomida keksalarning turmush sharoiti, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash masalalari, sogʻliqni saqlash va ma'naviy muhitni mustahkamlashga doir fikr-mulohazalari tinglandi.
Nuroniylar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar ahamiyat bilan oʻrganilib, ularning hayotiy tajribasidan samarali foydalanish, yosh avlod tarbiyasida keksalar ishtirokini kengaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Shuningdek, uchrashuvda ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, yolgʻiz keksalarni qoʻllab-quvvatlash va mahalla darajasida hamjihatlikni mustahkamlash boʻyicha amaliy takliflar ilgari surildi.
Deputat tomonidan bildirilgan har bir murojaat va taklif yuzasidan tegishli choralar koʻrish, mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni hal etish boʻyicha vazifalar belgilab olindi. Mazkur uchrashuv nuroniylarga boʻlgan e'tibor va ehtiromni yanada mustahkamlash, jamiyatda oʻzaro hurmat va hamjihatlikni kuchaytirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 4